Joze Mourinyuning kichik intervyusi:
Karlo Anchelotti haqida:
Men undan to'yib ketganman. Karlo Valdebebasga kelish uchun ruxsat so'raganida, men unga: «Sen aqldan ozdingmi?» deb javob berganman. Ammo bu axir Karlo Anchelotti-ku. Ajoyib inson. U Vini, Rodrigo, Militao va Endrikdan xabar olmoqchi edi.
Hakamlar bilan muammoli munosabatlari haqida:
Muammo menda deb o'ylamayman. Muammo qaysi klubga o'tmayin, meni ta'qib qiladigan omadsizlikda. Men bu klubda «Negreyra davri»ni ko'rganman. O'sha paytda hech kim bu haqda bilmasdi, lekin biz o'sha sharoitda yashaganmiz. Bu haqiqatan ham sodir bo'lgan. Men ketdim, endi esa bu haqda hamma biladi. Lekin o'ylab qoldim: Turkiyada ham — o'sha shov-shuvli mojarodan keyin — shunday vaziyatlar men bilan tez-tez sodir bo'lishini tushunib yetdim.
Futboldagi evolyutsiya haqida:
Hech qanday evolyutsiya yo'q. Bu shunchaki sikl. Hammasi kelib-ketadi, lekin keyin albatta qaytadi deyishadi. Balki, futbolchilar avvalgiga qaraganda jismonan o'zgargandir. Hozir bizda mavjud resurslar shunchaki aqlbovar qilmas darajada. O'ylaymanki, bugun barcha jamoalar ikkita avtobusda yurishadi: bittasi — futbolchilar uchun, ikkinchisi — xodimlar uchun. Ba'zida mehmonxonaga yetib kelganimizda raqamlar ro'yxatiga qarab, ikkita sahifani ko'raman: birida futbolchilar raqamlari (101 — Mbappe, 102 — Vinisius, 103 — Jud Bellingem), ikkinchisida esa yana 40 ta raqam: o'nta tahlilchi, ijtimoiy tarmoqlar uchun javobgar o'nta xodim va omborxona ishchilari uchun. Lekin ularning barchasi kerakmi? Haqiqatan ham ularning barchasi zarurmi? Shunchaki prezident ularga pul to'laydi — va ko'p to'laydi; bugun ular ancha qimmatga tushmoqda.
«Manchester Siti» vaziyati haqida:
Men shunchaki biroz kulishni afzal ko'raman, chunki qachondir bularning barchasi yakuniga yetadi. Ammo 60 yoshdan oshganimda, agar yakuniy qaror chiqarilishigacha yashab qolsam, xursand bo'lardim. Chunki hozir qaror chiqariladi, bir yildan keyin esa apellyatsiya bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!