Alkorta: "Real Madrid" 2023-yilda Keynni sotib olishi kerak edi"
Madridning sobiq himoyachisi Alkorta klub 2023-yilda Xarri Keynni nima uchun sotib olmagani haqida fikr bildirdi.
Alkorta ("Real Madrid" sobiq himoyachisi): "2023-yilning yozida, Keyn "Bavariya"ga o'tgan paytda, barchamiz uning "Real Madrid"ga mos kelishini his qilgandik.
Biroq o'sha vaqtda klub Bellingemni 100 million yevrodan ortiq mablag' evaziga xarid qildi, keyinroq esa "Real Madrid" safiga Mbappe ham qo'shildi".
Eslatib o'tamiz, 2023/24-yilgi mavsum arafasida Anchelotti "qaymoqranglilar" rahbariyatidan Keynni tarkibga qo'shib olishni so'ragan, biroq Peres 2024-yilning yozida Mbappening erkin agent sifatida o'tishi uchun bu fikrdan voz kechgan edi.