Davide Anchelotti («Lill» ustozi): «Otam kelajakda «Real Madrid»ga qaytishi mumkinmi? Umid qilamanki, ha. Uning Braziliya terma jamoasi bilan yana to'rt yillik shartnomasi bor, shuning uchun keyin nima bo'lishini bilmayman... Lekin uning «Madrid» bilan o'ziga xos munosabatlari bor.
Qachondir «Madrid»ni boshqara olamanmi? Bu imkoniyatga loyiq ekanligimni isbotlashimga bog'liq. Bu nafaqat «Madrid»ga, balki menga ham bog'liq — faoliyatim davomida nimalarga erisha olishimga, g'alabalar orqali qozonadigan maqomimga bog'liq.
Futbol — bu g'alabalarga bag'ishlangan biznes. Biz uch kun davomida taktik g'oyalar va futbol falsafasi haqida bahslashishimiz mumkin, ammo eng muhimi — bu g'alabalar.
Har holda, hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q, chunki «Lill»da ajoyib va juda qiziqarli loyiham bor. Shu bilan birga, «Real Madrid» — har kimning, shu jumladan mening ham orzuim»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!