Karlo Anchelotti «Vilyarreal»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 38

Karlo Anchelotti «Vilyarreal»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi

Ikkinchi qism: «qaymoqranglilar» ustozi matbuot anjumani

"So'nggi o'n yil ichida ilk bor oktyabr o'rtalariga kelib "Madrid"da birorta ham yangi jarohat yo'q. Hozirda lazaretda bo'lgan barcha futbolchilar o'tgan mavsumda jarohat olishgan. Bu yaxshi holat, lekin siz, jurnalistlarga bu yoqmaydi".
"Xalqaro tanaffus vaqtida muammolarimizni tahlil qilish uchun yetarlicha vaqtimiz bo'ldi. Ko'plab ijobiy jihatlarni topdik, ammo yaxshilanishi kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Bu jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun vaqt talab etiladi. "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, men ikki-uch kun davomida har bir mayda detallarni o'rganib, o'yinni tahlil qildim. Men ta'sir o'tkaza olmaydigan yaqqol narsalar bor edi. Ammo murabbiy sifatida men har doim o'zim yaxshilay oladigan narsalarga e'tibor qarataman".
"Kecha qiziqarli narsani o'qidim. "Madrid"da bunday narsa hech qachon sodir bo'lmasdi: Arteta "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirdi va "Biz hali endi boshlayapmiz" va "bu faqat boshlanishi" kabi gaplarni aytdi, garchi u jamoani ko'p yillardan beri boshqarayotgan bo'lsa ham. "Madrid"dagi talablar butunlay boshqacha".
"Vilyarreal"ga qarshi o'yinni hujumda kim boshlaydi? Men aytmayman, chunki buni xohlamayman. Diomande asosiy tarkibda maydonga tushadimi? Buni ham aytmayman. Diomande Vinisius va Mbappe bilan birga o'ynay oladimi? "Madrid" istalgan hujum chizig'i bilan o'ynashga qodir: bizda yuqori saviyadagi futbolchilar ko'p. Ammo ularning barchasi bir vaqtning o'zida maydonga tusha olmaydi. Agar siz to'rtta hujumchidan foydalanmoqchi bo'lsangiz, ular bir-biri bilan hamkorlik qila olishadi. Masalan, "Elche"ga qarshi o'yin oxirida maydonda bir vaqtning o'zida oltita hujumchimiz bor edi. Ammo nazorat qilinadigan xavfni nazarda tutuvchi muvozanatli sxemada biz yettovini ham chiqara olmaymiz".
"Militao ertaga o'ynamaydi. Uning tiklanishi uchun yana bir necha hafta kerak bo'ladi. Eder bilan ehtiyot bo'lishimiz kerak, garchi uning holati men kutganimdan ancha yaxshi bo'lsa ham. Valverdening "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi hozircha so'roq ostida. Rodrigo? U hali tayyor emas va tiklanish uchun qo'shimcha vaqtga muhtoj. Mendi? Bugun u birinchi marta umumiy guruhda shug'ullanadi".
"Boshlang'ich tarkib uchun o'yinchilarni qanday tanlayman? Xizmatlariga qarab. Bu yerda futbolchining maqomi yoki statistikasi emas, balki hozirgi formasi muhim. Ba'zida hamma narsa o'yinchi qanchalik qattiq ishlagani yoki qanchalik yaxshi o'ynaganiga bog'liq. Ba'zida esa — u jamoadoshlariga qanchalik yordam berganiga".
"Vinisius? Vinisiusning o'zining avvalgi darajasiga qaytishni juda-juda xohlashi meni xafa qiladi. Bu vaziyatni o'zi qanchalik og'ir o'tkazayotganini ko'rish menga og'riqli. U o'zining eng yaxshi darajasiga qaytish uchun qattiq mehnat qilayotgan ajoyib yigit. Vinisius ham inson. U haqida gapirilayotgan narsalar unga ta'sir qiladi. U "Madrid" uchun qilgan barcha ishlarni hisobga olsak, u o'ziga nisbatan ancha yaxshi munosabatga loyiq".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!