⚽️ Cesc Fabregas «Inter»ga qarshi o'yindan so'ng:
«Inter» ko'p jihatdan ajoyib jamoa, juda ko'p jihatdan, lekin ular qarshi hujumlarda nihoyatda kuchli. Tyuram va Di Marko juda yaxshi harakat qilishdi va siz bunga tovon to'laysiz. Odatda bizning uzatmalarimiz aniqligi 91 foizni tashkil qiladi, o'ylaymanki, bu o'yinda bunday ko'rsatkichga erisha olmadik. Bizga eng katta zarar aynan qarshi hujumlar orqali yetkazildi.
Bugun ko'p narsalar haqida gapirishimiz mumkin, ammo «Inter» bizdan sezilarli darajada yaxshiroq o'ynadi. Ular o'zlarining yuqoriroq saviyada ekanliklarini isbotlashdi va biz buni qabul qilishimiz kerak. Biz o'yinni tahlil qilib, rivojlanish jarayonimizda davom etishimiz lozim. Biz uchun hech narsa o'zgarmaydi, bu shunchaki 3 ochko, farq 5 yoki 7 ochko bo'lishidan qat'i nazar — bu hech narsani o'zgartirmaydi. O'tgan mavsumda biz hech qachon kuchli to'rtlikda bo'lmaganmiz, ammo mavsum oxirida u yerga kirishga muvaffaq bo'ldik. Biz ketma-ket 6 ta g'alabali seriyani qayd etgandik va umid qilamanki, bir kun kelib «Inter»ni mag'lub etish imkoniyatiga ega bo'lamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!