"Inter"ning safar oldidan mashg'ulotlari yakunlandi. Yakunda Federiko Dimarkoni Madridga olib ketmaslik haqida qaror qabul qilindi. Bu vaziyat yomonlashgani uchun emas, balki xavflarni oldini olish hamda Appianoda maksimal samarali ishlash uchun ikki kunni unumli foydalanish maqsadida qilindi.
Avvalroq, Dimarko "Napoli"ga qarshi o'yinda tizzasidan olgan jarohati sabab maydonni tark etgandi, biroq jiddiy hech narsa aniqlanmagan. Himoyachi shu vaqt davomida jamoa bilan birga shug'ullandi, ammo murabbiylar shtabi va tibbiyot xodimlari futbolchini asrashga qaror qilishdi.
Sky Sport
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!