Kristian Kivu: «Serie A — boshqacha turnir, biz Chempionlar ligasidan keyin to'rt kun o'tib maydonga tushamiz. Maydonda harakat qilganlar tiklanish uchun ikki kun vaqt olishdi. Bugun biz yaxshi mashg'ulot o'tkazdik. Lautaro bilan bog'liq muammo haqida o'yindan keyin xabar topdik va u ushbu bahsni o'tkazib yuboradi.
Biz javobgarlikni zimmamizga olamiz va ayniqsa so'nggi 30 daqiqada nimadir noto'g'ri ketganini tan olamiz, ammo shu bilan birga 60 daqiqa davomida bo'lgan yaxshi vaziyatlarni ham unutmaymiz. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik, Lautaro va Dimarkoda gol urish uchun ikkita ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Ammo ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng hammasi izdan chiqdi. Biz javobgarlikni zimmamizga olamiz va yana kuch yig'ishimiz kerak. O'z-o'zini ayblash bilan shug'ullanish shart emas — munosabat bildirish kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!