Matteo Moretto (🌕): Alejandro Balde va Jorje Mendesh o'rtasida uchrashuv rejalashtirilmoqda. Tomonlar o'tirib, mavjud variantlarni baholashlari kerak, chunki u "Barsa" uchun daxlsiz o'yinchi emas — men bu haqda bir necha bor aytganman, "Barsa" u bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi.
Mendesh mumkin bo'lgan transfer uchun asta-sekin harakat qilmoqda va barcha eshiklarni taqillatmoqda. U "Roma" eshigini qoqdi, ammo hozirda "Roma"ning boshqa maqsadlari va ustuvorliklari bor. U hamma joyda eshiklarni taqillatmoqda. Ko'ramiz, qaysi loyiha "Barsa"ga, futbolchining o'ziga va eng muhimi, iqtisodiy darajadagi taklifga ko'proq mos kelishini...
❓"Barsa" 40 million atrofida mablag' olishni rejalashtiryapti, to'g'rimi?
Matteo Moretto (🌕): Ha, taxminan shunday. O'ylaymizki, bozorda uning ketishi uchun ko'plab variantlar va formulalar mavjud.
Balde o'zida asosiy rol bo'lmasligini biladi. Hozir u o'tmishga qaraganda ketishga ancha ochiq, shuning uchun yanvar oyi davomida Balde haqida ko'p gaplashamiz deb o'ylayman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!