Barselona Hamza Abdelkarimning tovon pulini oshirmoqchi
«Barselona» Hamza Abdelkarimning shartnomasidagi tovon pulini 150 million yevroga ko'tarmoqchi. Klub Dro bilan bog'liq vaziyat takrorlanishini istamayapti.
🚨 SPORT xabariga ko'ra, «Barselona» Hamza Abdelkarim bilan bog'liq vaziyatda Dro bilan yuz bergan holat takrorlanishining oldini olmoqchi.
Dro 6 million yevro evaziga klubni tark etganidan so'ng, «Barselona» Hamzaning hozirgi 15 million yevrolik tovon pulini boshqa jamoalar uchun juda qulay deb hisoblamoqda.
Shu sababli, klub futbolchining tovon pulini 150 million yevroga qadar oshirishni rejalashtirmoqda.