«Feyenoord» yosh yarim himoyachisi Jivay Zexiel «Chelsi» e'tiboriga tushdi. Futbolchi joriy mavsumdagi yorqin o'yinlari bilan ajralib turibdi.
🚨 «Chelsi» bizning iqtidorimizni kuzatmoqda!
Yosh niderlandiyalik yarim himoyachi Jivay Zexiel joriy mavsumni ajoyib boshladi va bir nechta Yevropa klublari e'tiborini tortdi. Sentyabr oyi oxiriga kelib, Zexiel liga to'purari bo'lib turibdi, shuningdek, avgust oyida Erediviziya doirasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. 🔥
«Chelsi» futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan jamoalar qatorida.
📰 Manba: Graeme Bailey
Eslatib o'tamiz, ertaga gollandiyalik futbolchi uchun Niderlandiya terma jamoasi safida Millatlar ligasida debyut o'yini bo'lib o'tadi.
Givay Zexiel Xavi bilan ishlash va undan o'rganish istagi haqida gapirdi.
Givay Zexiel Xavi haqida:
"U juda yaxshi yarim himoyachi bo'lgan, shuning uchun o'ylaymanki, undan ko'p narsani o'rganishim mumkin. Men uning o'yinlarini ko'p kuzatganman va hatto bir marta "Kamp Nou"da jonli tomosha qilganman. Yaqin vaqt ichida undan nimalarni o'rganishim mumkinligini ko'ramiz, lekin o'ylaymanki, u men uchun juda ko'p maslahatlar bera oladi".
Givay Zexielning «Feyenoord»dagi kelajagi mavhum. Unga «Vilyarreal» da'vogarlik qilmoqda.
Givay Zexielning transfer oynasi yopilgandan keyin ham «Feyenoord»da qolishi hozircha noma'lum.
Rotterdamliklar yarim himoyachisiga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda.
Sasha Tavolyeri xabariga ko'ra, «Vilyarreal» Zexiel transferi bo'yicha «Feyenoord»ga murojaat qilish niyatida. Chempionlar ligasida ishtirok etadigan Ispaniya klubi uni «Anderlext» futbolchisi Natan Salibaga arzonroq muqobil variant sifatida ko'rmoqda.
Jovanni van Bronkxorst "Sharlerua"ga qarshi o'yindan so'ng jamoasining o'yinidan qoniqmaganini va xatolarni tahlil qilish kerakligini ta'kidladi.
Jovanni van Bronkxorst "Sharlerua" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men o'yinning umumiy ko'rinishidan qoniqmadim. Avvalroq aytganimdek, albatta, har doim g'alaba qozonishni istaysiz, lekin birinchi navbatda qanday o'ynayotganimiz muhim. Bugun, ayniqsa pozitsion hujumlarda, biz juda shoshildik. Juda ixcham harakat qiladigan va to'pni bir qanotdan ikkinchisiga tez o'tkazadigan jamoaga qarshi o'ynaganda, bo'sh zonalarni topish uchun sabrli bo'lish kerak. Ular mavjud, ammo juda kichik. Shoshqaloqlik tufayli biz to'pni juda ko'p yo'qotdik.
To'pni yo'qotganimizdan so'ng, biz har doim ham yetarlicha tartibli bo'la olmadik. Bundan tashqari, hujumni yakunlash bosqichida bizga aniqlik yetishmadi. Bir necha bor o'tish fazalarida raqibga juda ko'p bo'sh joy qoldirdik. Maydonning so'nggi uchdan bir qismida oxirgi pas ko'pincha manziliga yetib bormadi. Bular biz saboq olishimiz kerak bo'lgan jihatlardir.
Ikkinchi bo'lim oxirida biz to'g'ri qarorlar qabul qila boshladik. Ikkinchi bo'lim boshida esa, aksincha, yana juda shoshildik va ko'plab keraksiz to'p yo'qotishlarga yo'l qo'ydik.
So'nggi daqiqalarda sabr-toqatimiz evaziga bo'sh turgan o'yinchini yaxshiroq topa boshladik, ayniqsa Jivay Zexiel tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilganida. U orqali hujumlarni qanotlarga yo'naltirishimiz va himoyachilar ortiga to'p uzatishimiz mumkin edi. O'shanda jamoa ancha yaxshi ko'rindi. Zexiel o'z rivojlanishida sezilarli darajada o'sdi, "Utrext"da ajoyib mavsum o'tkazdi va bugun u maydonda qanchalik yengil va ishonchli harakat qilayotgani yaqqol ko'rindi.
Jivay Zexiel Erediviziyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchi o'tgan oyda 4 ta o'yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Jivay Zexiel Erediviziyada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi!
1908 nashri xabariga ko'ra, «Lill» Givay Zexielni transfer qilmoqchi bo'ldi, biroq «Feyenoord» futbolchini qo'yib yubormadi.
1908 xabariga ko'ra, «Lill» 21 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olish uchun bir necha bor urinib ko'rdi, ammo Rotterdam klubi futbolchining ketishiga rozi bo'lmadi.
«Feyenoord» yarim himoyachisi Givay Zexielga La Liga klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun «Lill» ham kurash olib bormoqda.
👤 Voetbal International xabariga ko'ra, «Feyenoord» yarim himoyachisi Givay Zexielga La Liga klublari qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, «Lill» Ayyub Buaddi o'rniga Zexielni transfer qilishga urinib ko'rishi haqida xabar berilgandi. Buaddi yaqin orada «Manchester Siti» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Feyenoord Transfermarkt va FR12 xabariga ko'ra, "Feyenoord" Givay Zexiel bilan shartnomani uzaytirmoqchi va 22 yoshli yarim himoyachiga yangi taklif bilan chiqqan.
Feyenoord Transfermarkt va FR12 xabariga ko'ra, "Feyenoord" Givay Zexiel bilan shartnomani uzaytirmoqchi va 22 yoshli yarim himoyachiga yangi taklif bilan chiqqan.
Manbalar ma'lumotiga ko'ra, yangi kelishuvda kelajakdagi ehtimoliy transfer shartlari ham aniq belgilab qo'yilishi kerak.