Givayro Rid yozgi transfer oynasida "Feyyenoord"da qoladigan ko'rinadi. Futbolchi bosh murabbiy Jovanni van Bronkxorstga ishonch bildirmoqda.
Givayro Rid yozgi transfer oynasida "Feyyenoord"da qoladigan ko'rinadi. 🙂
Voetbal International xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchining yaqinlari shunday ma'lumot berishgan. Avvalroq Rid "Roma"ga o'tishga yaqin turgandi, biroq tomonlar yakuniy kelishuvga erisha olishmadi.
Rid bosh murabbiy Jovanni van Bronkxorstga juda ishonadi va rotterdamliklar klubi bilan sovrinlar uchun kurashishni istamoqda.
Jovanni van Bronkxorst "Sharlerua"ga qarshi o'yindan so'ng jamoasining o'yinidan qoniqmaganini va xatolarni tahlil qilish kerakligini ta'kidladi.
Jovanni van Bronkxorst "Sharlerua" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men o'yinning umumiy ko'rinishidan qoniqmadim. Avvalroq aytganimdek, albatta, har doim g'alaba qozonishni istaysiz, lekin birinchi navbatda qanday o'ynayotganimiz muhim. Bugun, ayniqsa pozitsion hujumlarda, biz juda shoshildik. Juda ixcham harakat qiladigan va to'pni bir qanotdan ikkinchisiga tez o'tkazadigan jamoaga qarshi o'ynaganda, bo'sh zonalarni topish uchun sabrli bo'lish kerak. Ular mavjud, ammo juda kichik. Shoshqaloqlik tufayli biz to'pni juda ko'p yo'qotdik.
To'pni yo'qotganimizdan so'ng, biz har doim ham yetarlicha tartibli bo'la olmadik. Bundan tashqari, hujumni yakunlash bosqichida bizga aniqlik yetishmadi. Bir necha bor o'tish fazalarida raqibga juda ko'p bo'sh joy qoldirdik. Maydonning so'nggi uchdan bir qismida oxirgi pas ko'pincha manziliga yetib bormadi. Bular biz saboq olishimiz kerak bo'lgan jihatlardir.
Ikkinchi bo'lim oxirida biz to'g'ri qarorlar qabul qila boshladik. Ikkinchi bo'lim boshida esa, aksincha, yana juda shoshildik va ko'plab keraksiz to'p yo'qotishlarga yo'l qo'ydik.
So'nggi daqiqalarda sabr-toqatimiz evaziga bo'sh turgan o'yinchini yaxshiroq topa boshladik, ayniqsa Jivay Zexiel tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilganida. U orqali hujumlarni qanotlarga yo'naltirishimiz va himoyachilar ortiga to'p uzatishimiz mumkin edi. O'shanda jamoa ancha yaxshi ko'rindi. Zexiel o'z rivojlanishida sezilarli darajada o'sdi, "Utrext"da ajoyib mavsum o'tkazdi va bugun u maydonda qanchalik yengil va ishonchli harakat qilayotgani yaqqol ko'rindi.
Jovanni van Bronkxorst sentyabr oyidagi muvaffaqiyatli natijalari uchun Erediviziyada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
RASMIY
Van Bronkxorst - Erediviziyada oyning murabbiyi!
Jovanni «Feyenoord» bilan sentyabr oyidagi barcha 3 ta o'yinda g'alaba qozondi va ligada 2-o'rinni egalladi. Undan yuqorida faqat AZ bormoqda, rotterdamliklar ular bilan 10-oktyabr kuni to'qnash kelishadi.
Bosh murabbiyimizni ushbu sovrin bilan tabriklaymiz! 🔥
Jovanni van Bronkxorst terma jamoalar tanaffusidan keyin «Feyenoord» tarkibida rotatsiyadan faolroq foydalanishini ma'lum qildi.
Jovanni van Bronkxorst terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyin «Feyenoord»da rotatsiyadan faolroq foydalanishni boshlashini ma'lum qildi.
Tanaffusdan so'ng jamoani tig'iz taqvim kutib turibdi, jumladan Chempionlar ligasi o'yinlari va PSV bilan uchrashuv.
«Agar so'nggi tarkiblarga nazar tashlasangiz, hozir qanday o'ynayotganimiz tushunarli deb o'ylayman. Bu yaxshi samara berdi. Ammo tanaffusdan keyin ketma-ket o'yinlar ko'pligi sababli tarkibda rotatsiya qilishimizga to'g'ri keladi», - dedi van Bronkxorst.
Anis Hoj-Mussaning «Al-Ittihod»ga o'tishi nima uchun amalga oshmadi? «Feyenoord» hujumchisi bilan bog'liq vaziyat tafsilotlari.
Anis Hoj-Mussa «Al-Ittihod»ga o'tishi barbod bo'lgan transferi atrofidagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi.
Niderlandiyada transfer oynasi yopilgach, «Al-Ittihod» Hoj-Mussa bo'yicha bir necha bor taklif bilan chiqdi. «Feyenoord» hujumchi uchun 37,5 million yevrolik taklifni rad etdi, holbuki futbolchi besh mavsumda 50 million yevro atrofida maosh olishi mumkin edi. Shanba kuni hujumchi o'yin kuni jamoaviy tadbirlarga ikki marta kechikib keldi, shundan so'ng Jovanni van Bronkhorst uni tarkibdan chetlatdi.
Yakshanba kuni, Saudiya Arabistonida transfer oynasining so'nggi kunida tomonlar 40 million yevrodan ortiq summaga og'zaki kelishuvga erishdilar. Biroq, «Feyenoord» Saudiya Arabistonidan bank kafolatini talab qildi va aynan shu sababli kelishuv amalga oshmay qoldi.
Diqqatli muxlislar shuni payqashdiki, voqealardan so'ng Hoj-Mussa o'z profilidagi suratni o'zgartirgan: «Feyenoord» libosidagi surat o'rniga u Jazoir terma jamoasi futbolkasidagi suratni qo'ygan.
Luchano Valente murabbiylar bilan munosabatlari va jamoaning chempionlik maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Luchano Valente murabbiylar bilan munosabatlari va jamoaning maqsadlari haqida gapirdi:
🙂 Luchano Valente: "Van Persi bilan yaxshi munosabatda edim. Endi Jio [van Bronkxorst] bilan ham xuddi shunday. Yakunda sen futbolchisan. Bir-birimizni hurmat qilishimiz va yordam berishimiz kerak. Biz hammamiz faqat bitta narsani - chempion bo'lishni istaymiz".