Heerenveen 5:3 Feyenoord: Rotterdam klubi mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Eredivizining 12-turida "Feyenoord" "Xerenven"ga qarshi o'yinda 5:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu rotterdamliklarning mavsumdagi ilk mag'lubiyati.
😀 "Feyenoord" joriy mavsum Eredivizida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Jovanni van Bronkxorst shogirdlari "Xerenven"ga qarshi bahsda ikki to'p farqi bilan oldinda borayotgan bo'lishsa-da, ustunlikni boy berib qo'yishdi. Ikkinchi bo'limda Sem Steyn gol urganiga qaramay, raqib 5:3 hisobida g'alaba qozondi.
Ringo Meerveld xet-trik qayd etdi, darvozabon Tyark Ernst esa yarim himoyachining ikkinchi golida yana xatoga yo'l qo'ydi.