Jovanni van Bronkhorst AZ ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ushbu natija Rotterdam klubiga Eredivizida peshqadamlik qilish imkonini berdi.
«Men ajoyib oqshomni o'tkazdim. Biz maydonga g'alaba qozonish uchun chiqqan edik va maqsadimizga erishdik. Shu bois murabbiy xursand.
Birinchi o'rin men uchun unchalik katta ahamiyatga ega emas. Eng muhimi — uch haftalik tanaffusdan so'ng raqibni mag'lub etish, g'alabali yo'lga qaytish va boshlangan ishni davom ettirish. Biz buni uddaladik».
Jovanni shuningdek, o'yinning kuchli boshlanishini qayd etdi va ikkinchi bo'limda AZ uning jamoasini ko'proq himoyalanishga majbur qilganini tan oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!