Luciano Valente: "Feyenoord o'yinchilari raqibga gol sovg'a qilmoqda"
"Feyenoord" sardori Luchano Valente "Ekselsior"ga qarshi o'yindan so'ng jamoaning ketma-ket muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi.
🙂 "Feyenoord" sardori Luchano Valente "Ekselsior"dan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng jamoani keskin tanqid qildi.
"Biz raqiblarga gol sovg'a qilmoqdamiz. Birinchi o'tkazib yuborilgan gol uchun men aybdorman. Biz juda kam vaziyat yaratmoqdamiz va avvalgidan ko'ra ancha yomon o'ynamoqdamiz".
"Biz olti o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapmiz. Bu xavotirli holat. Bunday bo'lmasligi kerak. Vaziyat g'ashimga tegmoqda".