Rafael van der Vaart: «Valente menga Rui Koshutani eslatmoqda»
Rafael van der Vaart «Feyenoord» yarim himoyachisi Valente haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va uni afsonaviy Rui Koshutaga qiyosladi.
Rafael van der Vaart:
«Valente menda katta taassurot qoldirdi. U o'tgan mavsumdagiga qaraganda jarima maydonchasiga faolroq kirib bormoqda. U menga juda ham Rui Koshutani eslatadi.
Getralarini tushirib o'ynaydi, futbol unga juda osondek tuyuladi. U Rui Koshutaga juda o'xshaydi. Shunchaki ajoyib futbolchi».