#Andres Inyesta — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Fermin Lopes: Meni Xavi yoki Inyesta bilan solishtirib bo'lmaydi

Fermin Lopes: Meni Xavi yoki Inyesta bilan solishtirib bo'lmaydi

Fermin Lopes o'zini Xavi va Inyesta bilan solishtirishlari noto'g'ri ekanligini ta'kidladi.

🗣 Fermin Lopes:

O'ylaymanki, meni Xavi yoki Inyesta bilan solishtirib bo'lmaydi. Mening uslubim va gollar bilan bo'lgan munosabatim butunlay boshqacha.

Men bolaligimdan ko'p gol urganman. Menga jarima maydonchasiga yaqinroq bo'lish, vertikal o'ynash va doimo gol urish imkoniyatini izlash yoqadi.

Dani Olmo: Inyesta bilan bir kadrda bo'lish – unutilmas xotira

Dani Olmo: Inyesta bilan bir kadrda bo'lish – unutilmas xotira

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo Inyesta bilan bir kadrda aks etgan surati haqida gapirdi.

Dani Olmo o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi surati haqida fikr bildirdi:

Men Inyesta kabi o'yinchilar qurshovida, Italiyaga qarshi o'yin fonida tushgan suratni ko'rdim.
Bu xotirani umrbod saqlab qolaman. Menga bu surat juda yoqdi, shu sababli uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladim.

O'ng ustun yangiliklari

Andres Inyesta: "Oltin to'p" jamoaviy sovrinlardan muhimroq emas"

Andres Inyesta: "Oltin to'p" jamoaviy sovrinlardan muhimroq emas"

Andres Inyesta "Oltin to'p"ning ahamiyati, individual sovrinlar va "Negreyra ishi" haqidagi savollarga javob berdi.

❓Sen "Oltin to'p"ni olmading, menimcha, sen bunga umid qilganding va loyiqman deb hisoblaganding, lekin hech qachon uni so'ramading. Hozir bunday yondashuv urfda emas. Hozir o'zini ko'z-ko'z qilish va bu sovrinni talab qilish urfda — bunga qanday qaraysan?

🗣 Andres Inyesta: "Dunyo o'zgardimi yoki narsalarni qabul qilish o'zgardimi, bilmayman. Bilmayman. Menimcha, har qanday jamoa muxlislari birinchi navbatda o'z jamoasi sovrinlar yutishini istaydi, "Oltin to'p"ni emas. Bu sovrinning ahamiyatiga kelsak — har kim unga qanday baho berishni o'zi hal qiladi".

❓Sening uchun u muhimmi?

🗣 Andres Inyesta: "O'ylaymanki, ilgari hamma sovrinlarga ko'proq ahamiyat berardi. Qanday aytishni bilmayman... Ba'zida biz jamoaviy yutuqlardan ko'ra individual yutuqlarga ko'proq e'tibor qaratamiz. "Oltin to'p" shunchalik katta ahamiyatga ega degan gaplarni eshitganimda... o'zim ham bilmayman. Odamlar birinchi navbatda mamlakat chempionati va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istashadi, agar bu sovrin qo'lga kiritilsa — demak, kiritildi. Bu chempionat yoki Chempionlar ligasidagi g'alaba bilan taqqoslab bo'ladigan yutuq emas".

❓Hech kim "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganini nishonlash uchun ko'chaga chiqmaydi...

🗣 Andres Inyesta: "Aynan shunday. Har bir narsaning o'z o'rni bor. Ba'zida biz uni dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblamoqchi bo'lamiz, lekin unday emas".

❓Seni "Oltin to'p" uchun favorit kim deb so'ramaganim ajablantirdimi?

🗣 Andres Inyesta: "Men bu haqda ko'p o'ylamadim. Intervyu oldidan "ko'ramiz, kimni g'olib deb aytishimni so'rashar ekan" deb o'ylamaganman. Menga ispan futbolchisi g'olib bo'lishi yoqimli bo'lardi. Jahon chempionatidagi g'alabadan keyin bu mantiqiy bo'lardi".

❓"Negreyra ishi"ga kelsak — hozir aytilayotgan gaplarni eshitib, o'zingni qanday his qilyapsan?

🗣 Andres Inyesta: "Futbol nuqtai nazaridan bu yerda hech qanday bahs yo'q. Biz hali bu ishning tubiga yetmadik, lekin gap ketayotgan o'sha davrdagi barcha o'yinlarni tahlil qilsak ham, hakamlar tomonidan yordam bo'lishi mumkin bo'lgan bir foiz ham vaziyatni topa olmasdik. Men hech qachon menga yon bosishganini eshitmaganman, ko'rmaganman va his qilmaganman. Har bir o'yin davomida muxlislar va futbolchilar raqiblarga imtiyoz berilayotganini sezishadi".
Pedri «Barselona» safida 250 ta o'yin o'tkazdi

Pedri «Barselona» safida 250 ta o'yin o'tkazdi

Pedri «Barselona» safida 250 ta o'yin o'tkazgan tarixdagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.

Pedri «Barsa» safidagi o'yinlari sonini 250 taga yetkazdi.

U ushbu natijaga erishgan tarixdagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi:

1. Messi — 23 yosh va 241 kun
2. Pedri — 23 yosh va 288 kun
3. Xavi — 24 yosh va 99 kun
4. Inyesta — 24 yosh va 253 kun
5. Buskets — 25 yosh va 96 kun