Niderlandlar terma jamoasida Xavi qarori tufayli norozilik yuzaga kelgan bo'lishi mumkin
Niderlandlar terma jamoasida Xavining tarkibni o'yindan ikki soat oldin e'lon qilish qoidasi futbolchilar o'rtasida norozilik keltirib chiqargani aytilmoqda.
Gretsiya OAVlari Niderlandlar terma jamoasida Salonikidagi o'yindan biroz oldin norozilik yuzaga kelganini taxmin qilmoqda. Bunga Xavining yangi qoidasi sabab qilib ko'rsatilmoqda: u boshlang'ich tarkibni o'yin boshlanishiga ikki soat qolganda e'lon qiladi.
"Men barcha futbolchilar diqqatli va motivatsiyali bo'lishini istayman. Futbolchi sifatida men hech qachon o'ynamasligimni oldindan bilishni yoqtirmaganman", - deya avvalroq tushuntirgandi Xavi.
Gretsiyaning Metrosport nashri ta'kidlashicha, futbolchilar bu qarorni salbiy qabul qilishgan: "O'yinchilarga Xavining tarkibni o'yindan atigi bir necha soat oldin e'lon qilishi yoqmadi. Shu tariqa ular normal tayyorgarlik ko'ra olishmayapti".
Shu bilan birga, Niderlandlar terma jamoasi lagerining o'zidan yangi qoidadan norozilik haqida hech qanday xabar kelib tushmagan.
Boshqa Gretsiya OAVlari esa Gretsiya terma jamoasi atrofidagi shov-shuvga ko'proq e'tibor qaratmoqda: chiptalar uchun navbatda 100 mingdan ortiq odam turibdi.