Liverpool bosh murabbiyi: «Man Siti»ga qarshi o'yinni unutib, oldinga intilish kerak»
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 35

Liverpool bosh murabbiyi: «Man Siti»ga qarshi o'yinni unutib, oldinga intilish kerak»

Ikki o'yinni bugun tomosha qildik.

63-daqiqagacha ikki teng kuchli jamoalar o'yini, har ikki tomonda ham keskinlikka boy, sifatli futbol ko'rdik. Jamoalar o'rtasida klass borasida mutlaqo farq yo'q edi.

63-daqiqadan so'ng esa butunlay boshqacha o'yin bo'ldi, maydonda faqat bitta jamoa bor edi va u haqli ravishda katta ustunlik bilan g'alaba qozondi. Ikkinchi jamoa esa shunchaki kuzatuvchi rolida qoldi.

Afsuski, ochkolar faqat birinchi bo'lim uchun emas, balki butun o'yin yakuniga ko'ra beriladi, shuning uchun bugun biz ochkosiz qoldik. Ammo o'yinning ikkinchi qismidan xulosa chiqarishdan ma'no ko'rmayapman – bu ko'pchilik bo'lib qolgan «Siti» edi, ular darhol gol urishdi, dunyodagi kamdan-kam jamoalarning bunday vaziyatda imkoniyati bo'lardi. Kloppning «Liverpul»i ham xuddi shunday vaziyatda 0:5 hisobida mag'lub bo'lganini eslaymiz.

Buni unutish va oldinga intilish kerak.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!