Virjil van Deyk Sky nashriga bergan intervyusida joriy mavsumdan keyingi kelajagi haqidagi savolga javob berdi:
«Men uchun eng muhimi — o'zimni yaxshi his qilish va jismoniy holatimga g'amxo'rlik qilish. O'zingiz aytganingizdek, nazarimda, oldinda hali ko'p yillarim bor.
Mavsumdan keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Agar kimdir kelasi mavsumda nima qilishimni bilaman deb aytsa, bu yolg'on bo'ladi, chunki hozirgi vaqtda menda bu borada hech qanday tasavvur yo'q.
Oldinda nimalar kutayotganini ko'ramiz. Ammo bu deyarli 10 yillik aqlbovar qilmas safar edi va bu hayotimning katta qismi. Shu yillar davomida sodir bo'lgan barcha narsalar uchun abadiy minnatdor bo'laman va agar bu davom etsa, ko'ramiz, agar yo'q bo'lsa, yozda klub bilan xayrlashaman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!