Florian Virts va Sadio Mane ko'rsatkichi solishtirildi
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Florian Virts «Brentford»ga qarshi o'yinda 9 ta golli vaziyat yaratdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Sadio Mane bilan tenglashdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Florian Virts «Brentford»ga qarshi bahsda 9 ta golli vaziyat yaratdi, ularning barchasi o'yin davomida amalga oshirilgan.
«Liverpul» safida safar o'yinida shuncha vaziyat yaratgan oxirgi futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda «Byornli»ga qarshi bahsda Sadio Mane bo'lgan. 2003/04 yilgi mavsumdan buyon kuzatuvlar tarixida klub uchun bitta o'yinda bundan ko'proq golli vaziyat yaratgan futbolchi bo'lmagan.
Opta «golli vaziyatlar» deganda sherigining zarbasiga bevosita olib keladigan barcha paslarni nazarda tutadi.