Dortmundning «Borussiya» klubi Said El-Mala transferi bo'yicha «Kyoln»ga yakuniy taklifini yuborishga tayyorlanmoqda.
🚨 Dortmundning «Borussiya» klubi shanba kuni Said El-Mala transferi bo'yicha yakuniy taklifini taqdim etadi.
💶 EXPRESS xabariga ko'ra, «Borussiya» 48 million yevro kafolatlangan to'lov va 2 million yevro bonus taklif qilmoqda. Bonuslar futbolchi Chempionlar ligasida debyut qilganida va Bundesligada beshta o'yinda maydonga tushganida to'lanadi. Bu «Kyoln» uchun jami 50 million yevroni tashkil etadi.
❗️Bundan tashqari, taklifda yana besh million yevrolik qo'shimcha bonuslar ham ko'zda tutilgan. Biroq, mish-mishlarga ko'ra, bu shartlarni bajarish ancha qiyin (jumladan, Germaniya terma jamoasi safida beshta o'yin o'tkazish). Shu tariqa, «Kyoln» eng yaxshi holatda 55 million yevro ishlab olishi mumkin.
Sky Sport va Express xabarlariga ko'ra, Yurgen Klopp El Mala bilan suhbatlashgan va uning Dortmundga o'tishini qo'llab-quvvatlagan.
Sky Sport xabariga ko'ra, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp allaqachon El Mala bilan suhbatlashgan va uni kelajakda milliy jamoaning muhim o'yinchisi sifatida ko'rmoqda.
Express ma'lumotiga ko'ra, Klopp yashirincha futbolchining Dortmundga o'tishini faol qo'llab-quvvatlagan.