Iraola Virtsning almashtirilishi haqida: «Afsuski, u to'pig'ini qayirib olgani uchun maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Bu jiddiy ko'rinmayapti, ammo biz har uch kunda o'ynayapmiz, shuning uchun (navbatdagi o'yinda maydonga tusha oladimi yoki yo'q) ko'ramiz».
Virtsning o'zi ham jurnalistlar bilan suhbatlashdi: «Bugun bizda to'g'ri kayfiyat bor edi. Birinchi bo'limda yakkakurashlarda haqiqatan ham yaxshi harakat qildik va ko'plab vaziyatlar yaratdik.
Baxtliman, hammasi yaxshi ketmoqda. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Shu ruhda davom etish kerak!
Jarohat jiddiy deb o'ylamayman, lekin tibbiy ko'rik natijalarini kutish kerak. Hammasi joyida deb o'ylayman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!