Yurgen Klopp Florian Virts haqida fikr bildirdi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Yurgen Klopp Florian Virts haqida fikr bildirdi

Xalqaro tanaffus vaqtida Virts haqida juda ko'p fikrlar yangramoqda. Bu safar Yurgen Klopp yana u haqida gapirdi.

Yurgenning «Liverpul»ga taalluqli bo'lgan so'zlarini e'tiborsiz qoldira olmadik:

«Favqulodda futbolchi, shunchaki favqulodda. Adashmasam, bu haqda avval ham aytganman: ilgari uni faqat televizor orqali kuzatardim, maydonda jonli ko'rganimda esa qanchalik kuchli ekanligiga qoyil qoldim. Hammasi shunchalik oddiy.
Flo bilan biz hech qanday g'ayrioddiy ish qilmadik. Ammo yangi muhitga tushib qolgan har qanday futbolchi... Klubda yangi o'yinchilar ko'p bo'lgan va ular boshida o'zlari bo'lishi kerak bo'lgan joyda emasdilar. Ular hali biz shartnoma imzolagan futbolchilar darajasida emasdi.
Shunda jamoatchilikni biroz tinchlantirishga, ba'zan esa o'yinchiga forma va ishonch to'plashiga yordam berishga to'g'ri keladi. Floni bu ma'noda «qayta yig'ish» kerak emasdi – yo'q, shunchaki uning o'yini ustida birgalikda ishlash kerak. Bu murabbiyning oddiy ishi.
Insonni o'zi dastlab nima uchun xohlagan bo'lsang, o'sha narsani bera oladigan holatga qanday keltirish mumkin? Flo uchun biz shunday pozitsiyani topdik.
U aqlbovar qilmas darajada ko'p yuguradigan futbolchi. Bu pozitsiya uchun – ayniqsa, hujumkor va sifatli o'yinchi uchun – bu g'ayrioddiy holat.
U ikki kun ketma-ket yugura oladi. Albatta, bu yordam beradi va o'yinimizga juda yaxshi ta'sir qiladi.
U bizda pressingni birinchi bo'lib boshlaydi – aynan u oldinga chiqadi, ayniqsa raqib darvozadan o'yinni boshlaganda, chunki u charchamasdan darhol ikki o'yinchini yopishga qodir.
Va ha, «Liverpul»ga endi hech qanday maslahat kerak emas. Hozir u yerda ham ishlar ancha yaxshi ketmoqda. Bu boshqacha o'yin uslubi. Ammo Flo u yerga bu yerda olgan ishonch bilan qaytadi va asta-sekin «Liverpul» sotib olgan o'sha futbolchiga aylanadi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!