Liverpool futbolchilari terma jamoalar o'yinlarining dastlabki ikki kunida quyidagicha natija qayd etishdi:
Angliya 2:1 Xorvatiya – Rio Ngumo: 13 daqiqa.
Germaniya 3:1 Serbiya – Florian Virts: 1 gol, 81 daqiqa.
Niderlandiya 7:0 Gretsiya – Kodi Gakpo: 62 daqiqa; Kostas Tsimikas: 90 daqiqa.
Angliya U-21 1:0 Portugaliya U-21 – Trey Nyoni: 30 daqiqa, ushbu darajadagi debyut.
Shuningdek, bugun muhim o'yinlarda katta yutuqlarga erishgan afsonalarimizni ham esdan chiqarmaymiz:
Endi Robertson Shimoliy Makedoniyaga qarshi (2:1) 90 daqiqa harakat qildi va Shotlandiya terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.
Mo Saloh Malavi darvozasiga (5:0) dubl qayd etdi va 70 ta gol bilan Misr terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!