Pol Joys ma'lumotiga ko'ra, mavsumoldi yig'inlarida kuzatilganidek, Rio Ngumoha yangi mavsumda asosan o'ng qanot vingeri sifatida harakat qiladi. Chap qanotda esa, agar jamoaga o'tsa, Bredli Barkolya asosiy o'yinchi bo'lishi kutilmoqda.
Tahririyat izohi: Rio mavsumoldi o'yinlarida o'ng qanotda unchalik ham ishonchli o'yin ko'rsatgani yo'q, ammo uning hali 17 yoshda ekanligi katta ustunlik. Undan istalgan pozitsiyada foydalanish mumkin, shu bois yosh futbolchiga nisbatan xulosa chiqarishga hali erta.
Shuningdek, Mbayening transferi amalga oshsa, o'ng qanotda yoshi 36 ga yetadigan ikki futbolchidan iborat rotatsiya hosil bo'ladi. Bu tavakkalchilik bo'lib ko'rinsa-da, agar hammasi rejadagidek ketsa, mazkur pozitsiyani kelgusi 10 yilga yopib qo'yish imkoniyati mavjud.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!