Andoni Iraola Rio Ngumoaning kuchli tomonlari va rivojlanishi haqida gapirdi:
«O'ylaymanki, u ayrim jihatlarda elit darajada ekanligini tushunadi. Agar sizga birga-bir vaziyat uchun o'yinchi kerak bo'lsa, Rio eng yaxshi variantlardan biri bo'ladi, chunki uni to'xtatib qolish juda qiyin.
U hali o'sishi kerak bo'lgan jihatlar bor, ayniqsa to'psiz o'yinda. U Premer-liganing yakkakurashlar bo'yicha talablariga ko'nikishi kerak. Bu yoshlar tizimidan kelgan futbolchi uchun normal holat.
U yerda siz boshqalardan ustun bo'lishga o'rganasiz, bu yerda esa juda kuchli raqiblarga duch kelasiz va bunday yakkakurashlarga dosh berish oson emas, lekin u juda jiddiy progress qilmoqda.
Jismonan u kuchayib bormoqda va o'ylaymanki, hozir yaxshi holatda.
Biz unga yordam berishimiz kerak, chunki biz uchun baxtli holat shuki, u hali tayyor mahsulot emas. U hali ham rivojlanishi mumkin, chunki uning yoshi atigi 18 da va umid qilamanki, biz bu jarayonlarda unga yordam bera olamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!