Rio Ngumoa: "Rekordlar o'rnatish yoqimli, ammo g'alaba muhimroq"
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 28

Rio Ngumoa: "Rekordlar o'rnatish yoqimli, ammo g'alaba muhimroq"

Rio Ngumoa ham o'yindan so'ng jurnalistlar qarshisiga chiqdi (va UEFA talqiniga ko'ra uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritdi):

🛑 o'z o'yin uslubi haqida: «To'pni qabul qilib olganimda va birga-bir yoki hatto ikkiga qarshi vaziyatda dribling qilish imkoniyati tug'ilsa, men buni amalga oshiraman. To'xtash niyatim yo'q, men shafqatsiz bo'lishim kerak».

🛑 o'yin haqida: «Yigitlardan ajoyib o'yin. Biz ikkita gol o'tkazib yubordik, ammo ruhiy jihatdan sinmadik. Biz bu o'yinda g'alaba qozonishimizni bilardik. Men ishtirok etgan eng yaxshi o'yinlardan biri. O'yinimdan zavq oldim va jamoa menga bunda juda katta yordam berdi».

🛑 navbatdagi rekord haqida (UEFA Chempionlar ligasida «Liverpul» safida assist qayd etgan eng yosh futbolchi): «Bunday klubda rekordlarni yangilash — aql bovar qilmas tuyg'u, ammo eng muhimi g'alaba qozonishdir».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!