#Cody Gakpo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Mixail Mudrik transferi atrofidagi so'nggi xabarlar

Mixail Mudrik transferi atrofidagi so'nggi xabarlar

Mixail Mudrik transferi atrofidagi so'nggi xabarlar: Leeds va Tottenham qiziqishlari haqida.

Mixail Mudrik borasidagi so'nggi yangiliklar.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

Leeds yuniyer vingerini ijaraga olish ustida ishlashda davom etmoqda. Chelsea birinchi taklifni rad etgan bo'lsa-da, «oqlar» ukrainalik futbolchini tarkibga qo'shib olish niyatida.

Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra:

Mudrikning agentlari o'z mijozini Tottenham klubiga taklif qilishgan. «shporlar» rahbariyati agar Cody Gakpo transferi amalga oshmasa, Mixailni zaxira varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Iraola Kodi Gakponi eng kam baholangan futbolchi deb atadi

Iraola Kodi Gakponi eng kam baholangan futbolchi deb atadi

Andoni Iraola Kodi Gakponi jamoaning eng kam baholangan futbolchisi deb atadi va Trey Nyonining iqtidoriga yuqori baho berdi.

Iraola jamoaning eng kam baholangan o'yinchisi va uni eng ko'p hayratda qoldirgan futbolchi haqida gapirdi.

🛑 Kodi Gakpo haqida

«Menimcha, men Kodini eng kam baholangan futbolchi deb atagan bo'lardim, chunki biz ko'pincha yangi narsalarga – yangi kelganlarga yoki yosh o'yinchilarga e'tibor qaratamiz.

Kodi ko'p yillardan buyon barqaror natija ko'rsatib kelmoqda va statistikaga ega, ammo ba'zida munosib e'tirofga erishmaydi. U shunchaki doimo yoningizda bo'ladi va siz buni odatiy holdek qabul qila boshlaysiz.

Men uni avval ham yaxshi bilardim va raqib sifatida undan ko'p aziyat chekkanman, ammo uning barqarorligi va xarakteri… Menimcha, baribir Kodi Gakponi tanlagan bo'lardim», — deydi Iraola.

🛑 Trey Nyoni haqida

«U meni hayratda qoldirdi. Men kelganimda va uni ko'rganimda, darhol o'yladim: «Mana bu chinakam futbolchi!»