#Paul Joyce — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Florian Wirtz: «Ikkinchi mavsumga tayyorman»

Florian Wirtz: «Ikkinchi mavsumga tayyorman»

Florian Wirtz APLdagi ilk mavsumi, Iraola qo'l ostidagi mashg'ulotlar va yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.

The Times jurnalisti Pol Joys Florian Wirtz bilan intervyu uyushtirdi. Futbolchi Angliya Premyer-ligasidagi ilk mavsumi, o'rgangan saboqlari hamda kelgusi rejalar haqida gapirdi.

🛑 O'tgan mavsum haqida

«Men ko'p narsani o'rgandim. Premyer-ligadagi futbol qanday ekanligini tushundim va ikkinchi mavsumga ancha yaxshiroq tayyorman, chunki meni nimalar kutayotganini bilaman. Yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Bir yildan buyon Angliyada o'ynayapman va bu yerda futbol uslubi Germaniyadagidan butunlay farq qilishini ko'p marta aytganman. Endi hammasi qanday ishlashini tushunaman. Birinchi mavsumimni baholash qiyin. Albatta, o'zimdan qoniqmagan o'yinlar ham bo'ldi, lekin maydonda o'zimni yaxshi his qilgan uchrashuvlar ham yetarli edi. O'tgan mavsum klub uchun og'ir kechdi. Umid qilamanki, endi har bir futbolchi o'zini ko'rsatishi uchun bizda kerakli energiya va kayfiyat bo'ladi».

🛑 «O'nlik» pozitsiyasi haqida

«Albatta, murabbiy bilan «o'nlik» pozitsiyasida o'ynash haqida gaplashdik, chunki qaysi pozitsiyada o'ynashingni bilish muhim. Men turli pozitsiyalarda harakat qila olaman, lekin hujumchi ortidagi pozitsiya — mening eng sevimli va eng yaxshi joyim. Nima bo'lishini ko'ramiz».

🛑 Iraola qo'l ostidagi mashg'ulotlar haqida

«O'ylaymanki, so'nggi uch yil ichida «Bornmut»da u jamoa bilan nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Biz u bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapmiz. Ikki haftadan buyon shug'ullanyapman va hammasi menga yoqyapti. Uning futbolga bo'lgan yondashuvi menga ma'qul, shuning uchun mavsum boshlanishini kutyapman».

🛑 Isak bilan hamkorlik haqida

«Monako» va «Lids»ga qarshi o'yinlarda yaxshi kombinatsiyalar qildik, birgalikda bir nechta vaziyat yaratdik. U juda yaxshi futbolchi va u bilan birga o'ynash menga yoqadi. O'zaro tushunish ustida ishlashimiz kerak, ammo hozircha hammasi yaxshi ko'rinyapti».

🛑 Yangi mavsumdan kutishlar haqida

«Men shunchaki o'z ishimni yaxshiroq bajarishga, jamoaga yordam berishga harakat qilyapman. Klub muvaffaqiyatga erishishiga hissa qo'shmoqchiman. O'zimning eng yaxshi versiyamga aylanishni istayman. Imkon qadar ko'proq sovrinlar yutishimiz uchun bor kuchimni ishga solaman».