Mbaye PSJni tark etadi, ammo Liverpulga o'tmaydi
Liverpul PSJ futbolchisi Mbayeni sotib olishdan voz kechdi. Futbolchi yozda Parij klubini tark etishi kutilmoqda.
Liverpul Barkolya va Mbaye bo'yicha qo'shaloq bitimga umid qilgandi, biroq PSJning talablari ingliz klubini cho'chitib qo'ydi. Shu sababli senegallik futbolchining Mersisaydga ko'chib o'tish ehtimoli kundan kunga kamayib bormoqda.
Mbaye yozda baribir PSJni tark etadi, ammo hozirgi eng asosiy ssenariy – futbolchining hozircha nomi oshkor etilmagan boshqa klubga o'tishidir.