Manibola xabariga ko'ra, jurnalist Romen Molina Barkolya va Mbaye transferlari hamda agentlarning bu jarayondagi o'rni haqida yangi ma'lumotlarni taqdim etdi.
Barkolya borasida vaziyat ancha aniqroq. Uning agenti ayni damda PSJ hujum chizig'idagi bir qator futbolchilar, jumladan Dembele, Due va Xvicha bilan ham ishlaydi. Agent Barkolyaning ketishini tashkil qilib, o'z mijozlarining asosiy tarkibda o'ynashini ta'minlashga urinmoqda.
Mbaye va uning yangi agenti Mendesh bilan bog'liq vaziyat esa ancha murakkab. Romen Molinaning fikricha, Mendesh futbolchini Germaniyaga olib o'tishni rejalashtirgan, biroq Liverpulning qiziqishi vaziyatni o'zgartirib yuborgan. Hozirda ham Mendesh, ham futbolchining oila a'zolari transferdan o'z ulushlarini olishni ko'zlamoqda.
Jurnalistning ta'kidlashicha, Barkolya bilan bog'liq vaziyat Mbaye transferiga qaraganda soddaroq ko'rinmoqda, garchi moliyaviy tomonlama farqlar katta bo'lsa ham.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!