Parijlik insayder Jamel Bradley Barkolaning transferi haqida quyidagilarni ma'lum qildi:
U faqat Liga 1 bilan tanish. U faqat «Lion» va «PSJ»da o'ynagani uchun boshqa narsani sinab ko'rmoqchi edi. Bu ham uning qaroriga ta'sir qildi.
Unga doimiy ravishda pastki blokda o'ynaydigan raqiblarga qarshi harakat qilish ham joniga tegdi. Raqib doimo chuqur himoyalanib, juda ixcham o'ynaganda, bu uning sifatlariga unchalik mos kelmaydi. Bu uni biroz asabiylashtirardi va bu ham o'z rolini o'ynadi. Ayniqsa, APLda futbol ochiqroq, u yerda bo'shliqlar ko'proq bo'ladi, unga aynan shu narsa yoqadi.
O'tgan yoz, esimda qolishicha, bu haqda xabar berilmagandi. Adashayotgan bo'lishim mumkin, ammo o'sha transfer oynasining so'nggi kunlarida «Liverpul» ham uning ortidan kelgan: ular hatto klubga og'zaki taklif bilan chiqishgan va Barkolani qo'lga kiritishni juda jiddiy istashgan.
Shu bilan birga, o'shanda Luis Enrike u bilan gaplashib, taxminan shunday degandi: «Men senga tayanaman, sen muhim o'yinchi bo'lasan». Natijada Barkola qoldi. Unga: «Ko'rasan, sen o'ynaysan, muhim rolga ega bo'lasan, men uchun sen daxlsizsan» va shu kabi gaplarni aytishgandi.
Ammo «Liverpul» o'shanda ham uni sotib olishga tayyor edi va umuman olganda, uni ancha vaqtdan beri kuzatib keladi.
Bu yoz esa Barkola, aslida, klubga shartnomani uzaytirmasligini tushuntirdi. U to'g'ridan-to'g'ri ketish istagi haqida aytmagan bo'lsa-da, Luis Enrike bu safar bir yil avvalgidek yo'l tutmadi.
Bu safar Enrikening pozitsiyasi quyidagicha edi: «Agar u shartnomani uzaytirmoqchi bo'lmasa va yaxshi taklif tushsa, ochig'ini aytganda, uni sotgan ma'qul. Agar uzaytirmoqchi bo'lmasa, demak, loyihaga avvalgidek jalb qilinmaydi».
«PSJ»da u o'ng qanotda ham o'ynashga majbur bo'ldi, ammo o'zi chap qanotni afzal ko'radi va «Liverpul» aynan unga chap qanotdan joy va'da qilmoqda, uni qanchalik yuqori baholashini ko'rsatmoqda: «Sen muhim o'yinchi bo'lasan, asosiy tarkibda maydonga tushasan».
Umuman olganda, barcha omillar yig'indisi uning shartnomani uzaytirmaslik qaroriga kelishiga sabab bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!