Yurgen Klopp bo'lajak El-Klasiko haqida gapirdi:
⚪️ «Barselona» va «Real Madrid» o'rtasidagi o'yinni tomosha qilasizmi?
Albatta! Men El-Klasikoni deyarli butun umrim davomida kuzatib kelaman.
⚪️ Nega avvallari «Barselona»ga xayrixoh bo'lgansiz?
Men ko'proq «Barselona» tomonida edim, chunki menga Pepe va «Real»ning boshqa ba'zi himoyachilarining xulq-atvori yoqmasdi.
⚪️ Bo'lajak o'yinda kimga muxlislik qilasiz?
Hozir men sifatliroq futbol ko'rsatayotgan jamoani qo'llab-quvvatlayman. Hozirgi vaziyatni hisobga olsak, nazarimda, katta ehtimol bilan bu «Barselona» bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!