Mixael Ballak: Kimmihga nisbatan tanqidlar oshib ketdi
Mixael Ballak Joshua Kimmihga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi va uni Germaniya terma jamoasining muhim futbolchisi deb atadi.
Mixael Ballak Kimmihga qaratilgan tanqidlar haqida o'z fikrini bildirdi:
«Meningcha, bu allaqachon oshib ketdi. Kimmih hamon Germaniya terma jamoasining muhim qismi va uning sardori hisoblanadi. Bu bahs asosan Yurgen Klopp ko'plab o'yinchilarni sinab ko'rgani va boshqa futbolchilar o'zlarini yaxshi ko'rsatgani uchun yuzaga keldi. Kimmih bu vaziyatdan chiqib keta oladi va tanqidlar bilan kurashishga qodir»