✨🎤 Joshua Kimmich:
«Men birinchi bo'lim juda yaxshi o'tgan deb hisoblayman. O'ylaymanki, biz yaxshi futbol namoyish etdik. Tanaffusdan keyin muammolarga duch keldik va o'yin biroz tartibsiz tus oldi. Serbiya ko'plab uzun paslar bilan o'ynadi, qolaversa, o'yin oxiriga kelib maydon ham futbol o'ynash uchun qiyinlashib qoldi.
Shunga qaramay, bu to'liq haqli g'alaba edi. Biz yana bir nechta gol urishimiz mumkin edi, ammo 3:1 hisobi bizni to'liq qanoatlantiradi»
✨🎤 Kimmich bugungi o'yinning birinchi yarmi Yurgen Klopp xohlagan futbolga yaqin bo'lgani haqida:
«Ha, bu juda yaxshi edi. Deyarli butun o'yin raqib maydonida o'tdi. Biz ikki yoki uchta standart vaziyatni o'tkazib yubordik, ammo ular bizga hech qachon jiddiy xavf tug'dirmadi.
Biz bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratdik va raqibni joyidan qo'zg'atishga erishdik. Beshta himoyachi bilan o'ynaydigan jamoaga qarshi bu har doim ham oson emas. Shunday ekan, ha, birinchi bo'lim juda yaxshi o'tdi»
✨🎤 Kimmich to'pig'iga olgan zarbasi dushanba kungi o'yin uchun muammo tug'dirishi haqida:
«Yo'q, umuman hech qanday muammo yo'q»
✨🎤 Kimmich dushanba kuni Niderlandiyaga qarshi o'yin «final» maqomiga egami degan savolga:
«Ha, shubhasiz. O'ylaymanki, guruhdagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda, biz albatta g'alaba qozonishimiz kerak. Shuning uchun bu o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!