Bernd Leno «Bavariya»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Bernd Leno «Bavariya»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi va «Fulxem»dagi holati haqida gapirdi.
Bernd Leno «Bavariya» bilan bog'liq so'nggi mish-mishlar haqida:
«Hozircha hech kim men bilan bog'lanmadi. Albatta, men vaziyatdan xabardorman, lekin hammasiga juda xotirjam qarayman. «Fulxem» bilan mavsum oxirigacha shartnomam bor, bu yerda o'zimni juda qulay his qilyapman va hamon o'ynashda davom etishga juda motivatsiyalanganman. Hozir o'z imkoniyatlarim cho'qqisida ekanligimni his qilyapman.
Ehtimol, yangi narsani sinab ko'rish qimmatli tajriba bo'lishi mumkin edi. Ammo ba'zida men hamon eng yuqori darajada raqobatlashishga qodir bo'la turib, qayerdadir ikkinchi darajali rolni egallash achinarli bo'lardi, deb o'ylayman. Albatta, umumiy transfer to'g'ri bo'lishi kerak. Ko'ramiz, Germaniyaga qaytish men uchun variant bo'la olarmikan»