Bishof «Bavariya»dagi 8-raqam va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida gapirdi:
«Bavariya»da o'ynayotganingizda, qaysi raqamda bo'lishingizdan qat'i nazar, doim diqqat markazidasiz. Shunga qaramay, jamoada raqamlar ko'pchilik uchun ahamiyatga ega. Bunday muhim raqamni kiyish – o'zgacha tuyg'u. Menga bu yoqadi va mos keladi. Menga ishonch bildirganlaridan minnatdorman. Endi navbatdagi qadamni tashlamoqchiman va bunga qodir ekanimga ishonaman. Bu men uchun katta motivatsiya! Sakkizinchi raqamli libosni g'urur bilan kiyishni intiqlik bilan kutyapman. Bolaligimda 10-raqamni orzu qilardim, lekin hozir himoyaviyroq o'ynayapman, shuning uchun 8-raqam mos tushadi. Leon (Goretska)ga hurmat yuzasidan biroz kutdim, keyin Aleks Pavlovich bilan gaplashdim. U bu yerda uzoqroq vaqt davomida bo'lgan, do'stimiz, lekin Pavlo o'z raqamida qoladigan bo'ldi. Shuning uchun so'radim va menga ruxsat berishdi»
Yangi o'yinchilar Ismael Saibari va Nataniel Braun haqida:
«Neneni yuqori baholayman, u tizimimizga juda mos tushadi. Chap qanot himoyachisi markazga o'tib, hujumda qatnashishi qanchalik muhimligini o'zimda his qilganman. Uning texnikasi va uzatmalari yaxshi, shuningdek, himoyada ham mustahkam. Saibari jahon chempionatida ajoyib o'ynadi, uning o'yinni o'qish qobiliyatini avval ham ko'rgandik. U universal o'yinchi va bizga yordam beradi»
Avgust oyidagi qiyin start haqida:
«Murabbiyimiz bo'shashishimizga yo'l qo'ymaydi. Startning shiddatli bo'lishi yaxshi. O'ylaymanki, har qanday futbolchi tinimsiz mashg'ulotlardan ko'ra o'yinlarda qatnashishni afzal ko'radi. Dortmund va Shtutgartga qarshi o'yinlarga tayyor bo'lamiz»
Ta'til va jismoniy holat haqida:
«Ha, albatta. Men bu tanaffusni imkoniyat deb bildim. «Bavariya» fitnes-murabbiylari bilan aniq rejamiz bor edi, shuningdek, shaxsiy murabbiyim bilan ham qo'shimcha ishladim. Kim nima bilan shug'ullanishini hamma bilishi muhim edi. Ba'zan futboldan uzilishni yoqtiraman, lekin televizorni butunlay o'chirib qo'ya olmaysiz - jahon chempionatining bir nechta o'yinini ko'rdim. Shunga qaramay, dam olishga muvaffaq bo'ldim. Avval do'stlarim bilan ketdim, keyin oilam va qiz do'stim bilan vaqt o'tkazdim. Oxirgi ikki-uch hafta esa juda intensiv shug'ullandim»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!