Vensan Kompani: «G'alabadan mamnunmiz, ammo hali ishlashimiz kerak»
Die Bayern ↗ ●●●●● Matbuot 👁 28

Vensan Kompani: «G'alabadan mamnunmiz, ammo hali ishlashimiz kerak»

Vensan Kompani:

«Kuchli raqib, qiyin joy. Ular ko'p ochko to'plashini, jumladan, top-jamoalarga qarshi o'yinlarda ham ochko olishini kutmoqdaman. Bugun bizda vaziyatlar bo'ldi, ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz. So'nggi o'yinlardagi muammo — foydalanilmagan imkoniyatlar. «Shalke» va «Budyo»ga qarshi biz ustunlik qildik, kontrpressingimiz yaxshi edi.
Ammo bugun u darajada emasdi. Raqib jasur va to'p bilan muomalada yaxshi harakat qildi. Shunga qaramay, g'alabani ilib ketganimiz yaxshi bo'ldi»

Rotatsiya haqida:

«Buning ortida mantiq bor. Ba'zida intuitsiya ham bunday qarorlarda rol o'ynaydi. Umuman olganda, yigitlarga kerakli pallada tayyor bo'lishlari uchun o'yin vaqti berishimiz kerak.
Agar ular butun mavsum kutib o'tirishsa va keyin nimadir yuz bersa, unda juda kech bo'ladi. Bu futbolning bir qismi. Buning ortida mantiq turishi muhim, bu o'yinchilarga sovg'a ulashish haqida emas»

Jamoa hali eng yuqori sport formasiga chiqmagani sababi haqida:

«Darhaqiqat, bugungi birinchi taym hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar borligini ko'rsatdi. Yigitlarning uzoq ta'tili bo'lmaganini unutmaslik kerak, ular qaytishdi, Dortmundda Superkubokni yutishdi, «Shtutgart» va «Budyo»ga qarshi o'ynashdi. Buni hisobga olish lozim.
Ha, birinchi taymda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Biz buni tushunamiz. Bunday holatlar mavsum davomida uchrab turadi va biz ularga munosabat bildirishimiz kerak. Bu dangasalik emasdi, ammo to'p bilan ham, to'psiz ham 100 foizlik faollik va konsentratsiya bilan o'yin bo'lmadi. Gap buni butun mavsum davomida qanday ushlab qolishda. Men «raqobat» deb ataydigan rotatsiya aynan shu yerda ishga tushadi. Biz shunchaki oldinga qarab harakatlanishda davom etishimiz kerak»

Maykl Olise o'nlik pozitsiyasida o'ynashi va bu kelajak uchun variant ekanligi haqida:

«Maykl erkinlikka ega. Gap uni eng xavfli bo'la oladigan joyda ishlatish haqida ketmoqda. O'nlik pozitsiyasida o'ynashdagi eng katta farq — bu himoya, chunki ortda full-beklar yo'q, ammo to'p bilan men Mayklga ko'p erkinlik beraman — u har ikki pozitsiyadan ham xavf tug'dira oladi. Bu muhim»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!