Yan Oblak o'tgan uchrashuv yakunlari bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
O'yin borishi haqida:
Bir ochko har doim nol ochkodan yaxshiroq. Biz bu yerga g'alaba uchun kelgandik, ammo chetlatish barchasini qiyinlashtirdi. Bu normal holat. Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak. Raqiblar ilk daqiqalardan bizni yaxshi pressing qildi va biz orqadan hujum boshlay olmadik.
Yulmannning chetlatilishi haqida:
Ehtiyot bo'lish kerak, lekin bunday narsalar sodir bo'lib turadi. Qachonki siz to'p uchun kurashga kirsangiz, agar boshqa o'yinchi to'pga birinchi bo'lib yetsa, qizil kartochka olish xavfi har doim bor. Shunga qaramay, Yulman juda yaxshi o'ynamoqda va u «Espanyol»ga qarshi bahsda zo'r harakat qildi.
Navbatdagi ajoyib o'yin uchun rahmat, Yan! 👏
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!