Ermedin Demirovich Shtutgart tarixida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Ermedin Demirovich juda yaxshi formada. U Shtutgart tarixidagi (133 yillik tarix) Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Ko'z o'ngimizda tarix yaratilmoqda. Biz esa uni Galatasaroyga jo'natayotgan edik.
Ermedin Demirovich Galatasaroyga o'tishdan bosh tortdi. Hujumchi yiliga 5 million yevro maosh taklif qilinganiga qaramay, transferni rad etdi.
Ermedin Demirovich Galatasaroyga o'tishdan bosh tortdi. Hujumchi hatto yiliga 5 million yevro maosh taklif qilinganiga qaramay, transferni rad etganini o'zi ma'lum qildi.
Stuttgart esa yaxshi taklif bo'lgan taqdirda futbolchini qo'yib yuborishga tayyor edi.
Galatasaroy Shtutgart hujumchisi Ermedin Demirovichni sotib olishga urindi, ammo nemis klubi taklifni rad etdi.
Galatasaroy hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Shtutgart hujumchisi Ermedin Demirovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Turkiya klubi futbolchi uchun 15 million yevro taklif qildi.
Ammo Shtutgart bu taklifni rad etdi. Nemis klubi ushbu mablag'ni yetarli deb hisoblamaydi.
Ermedin Demirovich "Shtutgart"dan "Eyntraxt"ga o'tishi mumkin. Frankfurt klubi futbolchi uchun 20 million yevro to'lashga tayyor.
👀🦅 "Eyntraxt" yana Ermedin Demirovichni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
Bundan ikki yil oldin, futbolchi "Shtutgart"ga o'tguniga qadar frankfurtliklar uni qo'lga kiritish uchun kurash olib borishgan, ammo "Shtutgart" bu poygada g'olib chiqqandi.
Bu safar hujumchi frankfurtliklarga 20 million yevroga tushishi mumkin.
Dennis Bayer Shtutgart hujumchisi Demirovich atrofidagi vaziyat va klubning Peychinovich uchun tayyorlayotgan transfer taklifi haqida ma'lumot berdi.
Dennis Bayer xabariga ko'ra, Demirovichning kelajagi hozircha noma'lum. 🌟 Yuventus, Lids va Fenerbahche hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Xennes uni sotishga qarshi emas, ammo klub rahbariyati o'yinchini saqlab qolishni istaydi. Demirovichning o'zi esa Shtutgartda qolish niyatida.
🐺 Shtutgart Volfsburgga Peychinovich uchun 20 million yevro va bonuslardan iborat yangi taklif tayyorlamoqda, biroq u hali rasman yuborilmadi. Agar kelishuv amalga oshsa, Shtutgart rahbariyati yangi mavsumni Undav, Demirovich va Peychinovich bilan o'tkazishni rejalashtirmoqda. Miloshevich katta ehtimol bilan Shtutgartni tark etadi. Arevalo o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Promis Devid esa hozircha transfer maqsadi emas.
Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Demirovich xet-trik qayd etdi, Undav va Shtiller assistentlik qildi.
Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi❗
Demirovich bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Odatda unga gol urish uchun 3-3,5 ta zarba kerak bo'lsa, bugun u 4 ta zarbadan 3 tasini golga aylantirdi, shunchaki fantastika. Agar u shu ruhda davom etsa, hujum chizig'idagi muammoni uzoq muddatga yopib qo'yadi.
Undav ham samarali o'yin o'tkazdi, u 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'n raqam pozitsiyasida o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Shtillerni ham alohida ta'kidlash joiz, u ham assist qayd etdi va o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazdi.
Yevrokuboklar mavsumini yaxshi boshlab oldik, navbatdagi o'yin Slovan bilan. O'yinchilarimizdan xuddi shunday ijroni kutib qolamiz, bugungi g'alaba bilan esa barchani tabriklayman❤️🤍
Nicolo Schira xabariga ko'ra, Galatasaroy Olimpik Lion vingeri Malick Fofana bilan hamon qiziqmoqda. Klubda xorijlik futbolchi uchun atigi bitta joy qolgan.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, Galatasaroy Olimpik Lion vingeri Malick Fofana bilan hamon qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda Galatasaroyda xorijlik futbolchilar uchun faqat bitta bo'sh joy qolgan. Shu sababli klub uch nafar futbolchidan faqat birini tarkibga qo'shib olishi mumkin: Fofana, Leao yoki Demirovich.
Fenerbahche klubi Rafael Leao va Ermedin Demirovich transferi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi.
Rafael Leao haqida matbuotda tarqalayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Klub futbolchi bo'yicha hech qanday taklif bermagan va yaqin orada bermoqchi ham emas.
Agar transfer amalga oshadigan bo'lsa, bu faqat klub shartlari asosida yuz beradi.