#Angelo Stiller — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Shtutgart 3:1 Sparta Praga: Demirovichdan xet-trik

Shtutgart 3:1 Sparta Praga: Demirovichdan xet-trik

Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Demirovich xet-trik qayd etdi, Undav va Shtiller assistentlik qildi.

Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi❗

Demirovich bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Odatda unga gol urish uchun 3-3,5 ta zarba kerak bo'lsa, bugun u 4 ta zarbadan 3 tasini golga aylantirdi, shunchaki fantastika. Agar u shu ruhda davom etsa, hujum chizig'idagi muammoni uzoq muddatga yopib qo'yadi.

Undav ham samarali o'yin o'tkazdi, u 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'n raqam pozitsiyasida o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Shtillerni ham alohida ta'kidlash joiz, u ham assist qayd etdi va o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Yevrokuboklar mavsumini yaxshi boshlab oldik, navbatdagi o'yin Slovan bilan. O'yinchilarimizdan xuddi shunday ijroni kutib qolamiz, bugungi g'alaba bilan esa barchani tabriklayman❤️🤍