Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi❗
Demirovich bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Odatda unga gol urish uchun 3-3,5 ta zarba kerak bo'lsa, bugun u 4 ta zarbadan 3 tasini golga aylantirdi, shunchaki fantastika. Agar u shu ruhda davom etsa, hujum chizig'idagi muammoni uzoq muddatga yopib qo'yadi.
Undav ham samarali o'yin o'tkazdi, u 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'n raqam pozitsiyasida o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Shtillerni ham alohida ta'kidlash joiz, u ham assist qayd etdi va o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazdi.
Yevrokuboklar mavsumini yaxshi boshlab oldik, navbatdagi o'yin Slovan bilan. O'yinchilarimizdan xuddi shunday ijroni kutib qolamiz, bugungi g'alaba bilan esa barchani tabriklayman❤️🤍
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!