Feyenoord transfer oynasida yangi chap qanot himoyachisi hamda Leo Zauer o'rniga yangi chap qanot vingerini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Feyenoord transfer oynasida yangi chap qanot himoyachisi hamda Leo Zauer o'rniga yangi chap qanot vingerini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Hozircha muzokaralar dastlabki bosqichda, ammo yaqin kelajakda bu borada yangi ma'lumotlar paydo bo'lishi kutilmoqda.
Hoffenheim 20 yoshli vinger Leo Sauer uchun Feyenoordga taklif yubordi. Futbolchi ham Germaniyaga ko'chib o'tishga qarshi emas.
Hoffenheim Leo Sauer uchun taklif bilan chiqdi. Nemis klubi 20 yoshli vinger bilan shartnoma imzolashda qat'iy va Feyenoord bilan muzokaralar olib bormoqda. Sauerning o'zi ham Bundesligaga o'tish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
FR12.nl xabariga ko'ra, Feyenoord Sauerning ketishi uchun shoshilmayapti, chunki slovakiyalik vingerning shartnomasi 2028-yil yoziga qadar amal qiladi va bu Rotterdam klubiga muzokaralar jarayonida ustunlik beradi.
Sebastyan Xennes «Slovan»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoaning jarohat olgan futbolchilari haqida ma'lumot berdi.
Sebastyan Xennes matbuot anjumanida bo'lajak raqib va jamoaning kadrlar holati haqida gapirdi:
«Slovan» haqida:
Biz Slovakiya chempioni bilan to'qnash kelamiz, ular yaxshi futbol namoyish etishadi va aniq reja asosida harakat qilishadi. Biz ikki yil avval Bratislavadagi muhitni his qilganmiz va bizni nimalar kutayotganini tushunamiz. O'sha vaqtda bu Chempionlar ligasining 7-turi edi. «Shtutgart» o'sha o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozongan, bu safar ham maqsadimiz ulug'vor.
Leo Zauer haqida:
U yuqori salohiyatga ega o'yinchi, darvoza oldida va yakkama-yakka vaziyatlarda xavfli. Biz Leoni jarohatdan so'ng ehtiyotkorlik bilan tikladik, hozirgi vaqtda u ko'proq o'ynashga tayyor. U biz bilan birga ekanligidan juda xursandmiz.
🧍♂️ Kadrlar holati haqida:
Maksi Mittelshtedt tovonidan jarohat oldi, Shabo mushaklarida noqulaylik sezdi, ikkalasi ham safdan chiqdi. Zagadu, Al-Daxil, Narti va Dil ham maydonga tusha olishmaydi. Stergiu hozircha ikkinchi jamoada o'ynamoqda.
Voetbal International xabariga ko'ra, "Shtutgart" va "Feyenoord" Leo Zauer transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchiga tibbiy ko'rikdan o'tish qoldi.
📰 Voetbal International xabariga ko'ra:
«Shtutgart» va «Feyenoord» Leo Zauer transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchiga faqat tibbiy ko'rikdan o'tish qoldi. Zauer bir muncha vaqtdan beri «Shtutgart» bilan shaxsiy shartlar bo'yicha muzokara olib borayotgan edi.
Transferning umumiy qiymati 15 million yevroni tashkil qilishi mumkin, shuningdek, kelgusidagi sotuvdan foiz ham ko'zda tutilgan. ⚽️