Leeds United Bilol El-Xannusga qiziqish bildirmoqda
Лидс Карахо ↗ ●●●●○ Transfer 👁 19

Leeds United Bilol El-Xannusga qiziqish bildirmoqda

«Lids» yanvar oyida Bilol El-Xannusni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Chronicle.

22 yoshli hujumkor yarim himoyachi «Lester»dan o'tganidan so'ng «Shtutgart»da to'p surmoqda. Joriy mavsumda marokashlik futbolchi «shvablar» safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, «Shtutgart» rahbariyati qishda El-Xannus bilan xayrlashishga tayyor va uni 33 million funt sterling hamda bonuslar evaziga baholamoqda. Marokashlik xavbekni xarid qilish imkoniyatini «Lids»dan tashqari «Nyukasl», «Liverpul» va «Galatasaroy» ham ko'rib chiqmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!