🎙 Joze Mourinyu matbuot anjumani:
⚪️ «Bernabeu»ga qaytish haqida:
Men o'yin oldidan hayajonlanadigan yoshda emasman, faoliyatimda bunday o'yinlar juda ko'p bo'lgan. Ammo, albatta, bundan katta zavq oldim.
⚪️ O'yin haqida:
Bugun menga hamma narsa yoqdi. Hatto qiyinchiliklarga duch kelganimiz ham. Birinchi bo'lim biz uchun og'ir kechdi. Ularning pressingiga qarshi samarasiz harakat qildik. Bu shunday o'yinlardan biri ediki, zaxira o'rindig'ida o'tirib: «Qaniydi bugun suv ichish uchun tanaffus bo'lsa», deb o'yladim.
Biz ba'zi narsalarni to'g'riladik va ikkinchi bo'limda to'rtta gol urdik, yana besh yoki oltita bo'lishi ham mumkin edi. Ammo bu «Real Sosedad»ga nisbatan adolatsizlik bo'lardi, ular ajoyib birinchi bo'lim o'tkazishdi.
⚪️ Mbappe haqida:
Kilian Mbappe shunchaki to'purar emas. U jamoa vaziyat yaratishini kutib o'tirmaydi. U o'yinga chuqur kirishib ketadi. Vini yoki Jud kabi elit darajadagi futbolchilarni boshqarayotganingizda, ularga individual o'ynashni o'rgatishingiz shart emas. Shunchaki jamoani yaxlit holda tayyorlashingiz kerak.
⚪️ Mbappening 60 ta gol marrasi haqida:
Futbolchilarni solishtirish men uchun qiyin. Ammo bu yigit haqiqatan ham ajoyib.
U allaqachon tarixga kirdi, lekin men unda «Madrid» tarixida o'z nomini qoldirish uchun katta chanqoqlik va istakni ko'ryapman.
60, 50 yoki 40 ta gol haqida gapiradigan bo'lsak, men buni kafolatlay olmayman.
Men sovrinlar bilan 40 ta gol urishni, sovrinsiz 60 ta goldan afzal ko'raman. Shuningdek, jamoaviy ishga katta hissa qo'shib urilgan 40 ta golni, o'zini o'ylaydigan futbolchining 60 ta goliga alishmayman.
⚪️ Vinisiusga qaratilgan hushtaklar haqida:
Biz «Bernabeu»ni hammamiz bilamiz. Muxlislar har doim ko'proq narsani talab qilishadi. Ular o'z his-tuyg'ulari uchun pul to'lashadi. Bu jamoa qiyin va noqulay vaziyatlarga tayyor. Yakunda muxlislar xursand holda ketishdi deb o'ylayman.
⚪️ Vini almashtirilishi haqida:
Agar gol urmaganida, men hech qachon Vinisiusni almashtirmasdim.
Men uni almashtirdim, chunki u dam olishi kerakligini ko'rdim, uch kundan keyin yana o'yin bor. O'tgan mavsumda muxlislar uni hushtakbozlik bilan kutib olishganini bilardim, shuning uchun gol urganidan keyin tribunalar mehrini his qilishi va dam olishi uchun uni maydondan oldim.
⚪️ Karrerasning almashtirilishi haqida:
Karrerasni sariq kartochka tufayli Kukurelyaga almashtirdim.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!