Joze Mourinyo: "Madrid"da faqat juda yaxshi o'yinchilar bor"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 8

Joze Mourinyo: "Madrid"da faqat juda yaxshi o'yinchilar bor"

Joze Mourinyo "Shalke"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

Bugun biz o'zimiz uchun ijobiy o'yin o'tkazdik. Ayniqsa, individual jihatdan, chunki "Madrid" safiga so'nggi bo'lib qo'shilgan futbolchilar hali qolganlar kabi o'yin ritmini ushlab ulgurishmagan.
Ba'zi o'yinchilarimiz allaqachon 30 ta mashg'ulot o'tkazgan bo'lsa, boshqalari bor-yo'g'i 4 ta. Shu bois, "Shalke"ga qarshi uchrashuv mavsumoldi tayyorgarlik uchun juda yaxshi sinov bo'ldi.
Qanday bo'lmasin, futbolchilarning individual sifatlari haqida gapirishim qiyin. "Madrid"da faqat juda yaxshi, juda-juda yaxshi va juda-juda-juda-juda yaxshi o'yinchilar bor.
Mavsum boshlanishiga maqbul holatda yaqinlashyapmiz. Barchamiz motivatsiyaga to'lamiz. Barcha futbolchilarimiz klub ixtiyorida va bu eng muhimi. So'nggi daqiqalarda kelib qo'shilgan o'yinchilar ham individual tarzda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan. Biz asta-sekin jamoa ko'rinishiga kirib boryapmiz.
"Madrid" muxlislari mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutishmoqdami? Eng muhimi — futbolchilarimiz motivatsiyaga ega bo'lishi. Agar o'yinchilarda ishtiyoq bo'lmasa, mening, muxlislar yoki klub prezidentining kayfiyati muhim emas.
Biroq, "Madrid" o'yinchilari motivatsiyaga ega ekanliklarini isbotlashmoqda. Buni mayda detallardan ham ko'rish mumkin, masalan, ba'zilari ta'tildan belgilangan kundan oldinroq qaytishdi. Futbolchilarimizda jamoaviy ruh bor.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!