Arsen Zaxaryan «Real Sosedad» muxlislari tanqidiga uchradi
Arsen Zaxaryan «Real Sosedad»ning «Espanol»ga qarshi o'yinida zaxirada qolib ketgach, jahl bilan maydonni tark etdi va muxlislar tanqidiga uchradi.
«Real Sosedad» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Arsen Zaxaryanni keskin tanqid ostiga olishdi. Futbolchi «Espanol»ga qarshi o'yin yakunida maydonga tushmasligini anglagach, jahl bilan zaxira o'rindig'ini tark etdi.
Rossiyalik futbolchi bu mavsumda atigi 3 daqiqa maydonda harakat qildi. U jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyga baqirib, ustidagi nimchani yechib tashladi va kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.
Ushbu epizod translyatsiya sharhlovchilari tomonidan ma'lum qilindi. Ispaniyalik muxlislar o'tgan mavsum La Ligada 0+0 natija qayd etgan yarim himoyachining xatti-harakatlaridan hayratda. Ular futbolchini jamoadan ketishini istashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Arsen mavsum oldidan jamoada qolib, o'zini ko'rsatish niyatida ekanini aytgan edi.