Real Madrid futbolchilari hakamlikdan norozi
Real Madrid futbolchilari hakamlikdan norozi. Jamoa derbida hakamlar qaroridan g'azabda va matbuot bilan muloqotdan bosh tortdi.
📰 AS (❓) | "Madrid" kiyinish xonasi Madrid derbisidan keyin g'azabda edi. Jamoaning xabari: "Ular [Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA)] bizni aniq aldashdi! Ular bu o'yinni boshqarish uchun qo'rqoq hakam tayinlashdi".
Klubda hisoblashlaricha, K. Romero va Li Kan In maydondan chetlatilishi kerak edi, Baenaga esa ikkita sariq kartochka ko'rsatilishi lozim edi. Ayniqsa, "qaymoqranglilar" Li Kan Inning chetlatishdan qutulib qolganidan g'azabda. "Madrid"da ta'kidlashlaricha, mart oyida Valverde "Atletiko"ga qarshi o'yinda, ularning fikricha, ancha yengilroq qo'pollik uchun maydondan chetlatilgan edi.
"Madrid"da, shuningdek, derbidan keyin jurnalistlar bilan muloqotga birorta futbolchini yubormaslikka qaror qilishdi, chunki o'yinchilardan kimdir o'z bayonotlari uchun diskvalifikatsiya olishidan xavfsirashdi.