Joze Mourinyu qo'l ostidagi jamoaning hujumdagi statistikasi va yaratilgan vaziyatlar tahlili.
⚽️ Mourinyu qisqa vaqt ichida jamoaning hujumdagi o'yinini sezilarli darajada o'zgartirdi. «Madrid» juda ko'p vaziyatlar yaratmoqda va zarbalar bermoqda:
• «Espanol»ga qarshi — 21 • «Real Sosedad»ga qarshi — 20 • «Malaga»ga qarshi — 19 • «Real Betis»ga qarshi — 20 • «Inter»ga qarshi — 16 • «Rayo Valyekano»ga qarshi — 24
Arsen Zaxaryan «Real Sosedad»ning «Espanol»ga qarshi o'yinida zaxirada qolib ketgach, jahl bilan maydonni tark etdi va muxlislar tanqidiga uchradi.
«Real Sosedad» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Arsen Zaxaryanni keskin tanqid ostiga olishdi. Futbolchi «Espanol»ga qarshi o'yin yakunida maydonga tushmasligini anglagach, jahl bilan zaxira o'rindig'ini tark etdi.
Rossiyalik futbolchi bu mavsumda atigi 3 daqiqa maydonda harakat qildi. U jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyga baqirib, ustidagi nimchani yechib tashladi va kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.
Ushbu epizod translyatsiya sharhlovchilari tomonidan ma'lum qilindi. Ispaniyalik muxlislar o'tgan mavsum La Ligada 0+0 natija qayd etgan yarim himoyachining xatti-harakatlaridan hayratda. Ular futbolchini jamoadan ketishini istashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Arsen mavsum oldidan jamoada qolib, o'zini ko'rsatish niyatida ekanini aytgan edi.
Marca xabariga ko'ra, "Real" yangi mavsumni Konate va Xausen himoya markazidagi juftligi bilan boshlashi mumkin.
Marca xabariga ko'ra, kelayotgan mavsum boshida "Real" tarkibida markaziy himoyachilar Konate va Xausen juftligi asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Ryudiger esa mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi ishonchsiz o'yini sababli mavsumni zaxira o'rindig'ida boshlashi ehtimoli yuqori.
Joze Mourinyoning ko'zi ostidagi ko'karish «Real Madrid» mashg'ulotlarida yuz bergan noxush hodisa sababli paydo bo'lgan.
📻 Cope xabariga ko'ra, Joze Mourinyoning ko'zi ostidagi ko'karish «Shalke»ga qarshi o'yin vaqtida sezilib qolgan. Bu jarohat «Real Madrid»ning yaqinda o'tkazilgan mashg'ulotlaridan birida to'p yuziga tegishi oqibatida yuzaga kelgan.
The Athletic xabariga ko'ra, Real Madrid tarkibni sotuvlar hisobiga bo'shatmasa, yozda boshqa transferlar amalga oshirmaydi.
The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Madrid klubining pozitsiyasi aniq: agar tarkibni sotuvlar hisobiga bo'shatishning imkoni bo'lmasa, yozda boshqa transferlar amalga oshirilmaydi.
Rahbariyat tarkib to'liq shakllangan deb hisoblamoqda, chunki ro'yxatda 25 nafar futbolchi bor va har bir pozitsiyaga ikki nafardan o'yinchi to'g'ri keladi.
Real Madrid va Shalke o'rtasida 16-avgust kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
🖥 BILD xabariga ko'ra, "Real Madrid" 16-avgust kuni "Feltins-Arena"da "Shalke"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin. Joze Mourinyu ushbu uchrashuv o'tkazilishini talab qilmoqda, garchi u hali rasman tasdiqlanmagan bo'lsa ham.
Nemis klubi o'yin bo'lib o'tishi uchun chiptalar narxini sezilarli darajada oshirishi kerak.
📺 Sky Sport ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" 16-avgust kuni "Shalke"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Bavariya Brayan Saragosaning transferi uchun sarflagan mablag'larining katta qismini qaytarib oldi. Klubning yakuniy zarari 2,5 million yevroni tashkil etadi.
Bavariya Brayan Saragosaga sarflagan xarajatlarining katta qismini qaytarib oldi.
Klub allaqachon Brayan uchun sarflangan 17 million yevrodan 14,5 million yevrosini qaytarib olgan: 8,5 million yevro Espanoldan va 6 million yevro Roma hamda Selta klublaridagi ijaralar evaziga.
Bavariya uchun yakuniy zarar taxminan 2,5 million yevroni tashkil qiladi.
AS xabariga ko'ra, Mourinyu Konatega ishonch bildirmoqda. U "Espanol"ga qarshi o'yinda Ryudiger o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushdi.
📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyu dastlabki damlardan Konatega ishonch bildirmoqda. Aynan shu sababli fransiyalik futbolchi "Espanol"ga qarshi bahsda Ryudiger o'rniga "Real"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi, garchi u jamoa safiga bor-yo'g'i 2 hafta oldin kelib qo'shilgan bo'lsa ham.
Ko'rinishidan, Xausenga yangi mavsumda "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibidan joy kafolatlangan. Qolgan futbolchilar esa jamoaning ikkinchi asosiy markaziy himoyachisi bo'lish uchun raqobatlashishadi.
AS nashri xabariga ko'ra, "Espanyol"ga qarshi bahsda Joze Mourinyu Arda Gulerdan yangi rolda foydalandi.
🚨 AS xabariga ko'ra, "Espanyol"ga qarshi o'yinda Joze Mourinyu Arda Gulerga "yolg'onchi" vinger rolini topshirdi va turkiyalik futbolchi "Real Madrid" hujumlarining asosiy ijodkoriga aylandi.
Ardaning qanotda harakat qilishi Jud Bellingemni hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida qoldirish imkonini berdi, aynan shu yerda u o'zini eng yaxshi tomondan ko'rsata oladi.
Alvaro Esteban xabariga ko'ra, Jud Bellingem "Espanyol"ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olganiga qaramay, "Real Madrid" futbolchining ahvoli yaxshi ekanligini ma'lum qildi.
💦 Alvaro Esteban xabariga ko'ra, Jud Bellingem "Espanyol"ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olganiga qaramay, "Real Madrid" futbolchining ahvoli yaxshi ekanligini ma'lum qildi.
AS xabariga ko'ra, Mourinyu o'tgan "Espanyol"ga qarshi bahsda Arda Gulerga "yolg'on qanot hujumchisi" vazifasini topshirdi.
📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyu o'tgan "Espanyol"ga qarshi bahsda Arda Gulerga "yolg'on qanot hujumchisi" vazifasini topshirdi. Turk futbolchisi o'yin davomida "Real" hujumlarining asosiy tashkilotchisiga aylandi.
Shuningdek, Gulerning o'ng qanot yarim himoyasida harakat qilishi murabbiyga Jud Bellingemni o'zi uchun qulay bo'lgan "o'nlik" pozitsiyasida saqlab qolish imkonini bermoqda.
RMTV La Liga mavsumining dastlabki o'yinlarida «Real Madrid» va «Barselona» ishtirokidagi bahslarda yo'l qo'yilgan hakamlik xatolarini tahlil qildi.
RMTV La Liga mavsumining dastlabki turlarida «Real Madrid» va «Barselona» ishtirokidagi o'yinlarda sodir etilgan hakamlik xatolari bo'yicha videoreportaj e'lon qildi.
Xususan, RMTV «Espanyol» futbolchisi yerda yotgan Vinisiusning orqa qismiga zarba berganiga qaramay, hakam unga hech qanday kartochka ko'rsatmaganini ta'kidlagan. Shuningdek, «Elche» futbolchisi Lamin Yamalni futbolkasidan ushlab qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolangani keltirib o'tilgan.
MARCA xabariga ko'ra, Kilian Mbappe "Espanyol" stadionida gol ura olmadi. Futbolchida ko'plab vaziyatlar bo'lishiga qaramay, u ulardan foydalana olmadi.
⚽️ MARCA xabariga ko'ra, Kilian Mbappe raqib darvozasi xuddi xokkey darvozasidek tuyulgan o'yinni o'tkazdi.
Mbappeda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ammo u ulardan foydalana olmadi.
Shu tariqa, "Espanyol" stadioni Mbappe hali gol ura olmagan arenalar qatorida qolmoqda.
Archivo VAR ma'lumotiga ko'ra, Espanyol - Real Madrid uchrashuvi bosh hakami Vini Juniorga nisbatan qo'pollik ishlatgan Cala'ni maydondan chetlatishi kerak edi.
🖥 Archivo VAR ma'lumotiga ko'ra, Espanyol - Real Madrid uchrashuvi bosh hakami maydon chetida yotgan Vini Juniorning orqasiga zarba bergan Cala'ni maydondan chetlatmay xatoga yo'l qo'ydi.
Garchi ushbu epizod hakam hushtagidan so'ng yuz bergan bo'lsa-da, mezbonlar yarim himoyachisi braziliyalik futbolchiga nisbatan qasddan qilingan qo'pollik uchun qizil kartochka olishi kerak edi.
AS jurnalisti R. Martinning xabar berishicha, Orelen Tchuameni jarohatidan tiklanmoqda va "Espanol"ga qarshi o'yinga tayyorlanmoqda.
📰 AS jurnalisti R. Martin xabariga ko'ra, Orelen Tchuameni mushaklaridagi noqulaylik sababli tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Bugun yarim himoyachi sport zalida individual tarzda shug'ullandi.
Tchuameni La Liganing 2-turidan o'rin olgan "Espanol"ga qarshi o'yinga (22-avgust) qadar safga qaytishni maqsad qilgan.