👋 | Maurisio Pochettino, kutilganidek, o'zining doimiy murabbiylar shtabini Manchester United'ga olib keladi:
• Xesus Peres
Pochettinoning o'ng qo'li, uning taktik va mashg'ulotlarni tashkil etish uchun mas'ul bo'lgan birinchi yordamchisi. Oxirgi jahon chempionati vaqtida ular Maurisio bilan hazil tariqasida United'da ishlash imkoniyatini muhokama qilishgan va aftidan, Xesus kelajakda Old Trafford'da ishlashni juda xohlagan. Ispaniyalik mutaxassis Pochettino loyihasidagi eng muhim shaxslardan biri. Ularning hamkorligi Espanyol'da boshlangan, u yerda Peres dastlab tahlilchi bo'lib ishlagan.
• Migel D'Agostino
U ham muhim rol o'ynaydi. Bu argentinalik mutaxassis Pochettino bilan hali futbolchilik faoliyati davridan tanish. 1990-yillarda ular birgalikda Newell's Old Boys safida to'p surishgan. Pochettino shtabiga Espanyol'da qo'shilishidan oldin (skautlik ishidan boshlab), u Fransiyada murabbiylik tajribasini to'plagan, u yerda besh yil ishlagan, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarida bir mavsum o'tkazgan. AQSH terma jamoasi shtabida u Maurisioning ikkinchi yordamchisi etib tayinlangandi.
• Toni Ximenes
Darvozabonlar murabbiyi. O'zi sobiq ispan darvozaboni, professional darajada 350 dan ortiq o'yin o'tkazib, salmoqli faoliyat qurgan. Ximenes Poche'ga hali Espanyol'da qo'shilgan va o'shandan beri bir necha bor u bilan birga boshqa klublarga o'tgan.
• Sebastiano Pochettino va Silviya Tuya Vinyas
Jismoniy tayyorgarlik uchun javobgar (Sebastiano – Maurisioning o'g'li). Sebastiano otasining shtabiga 2016-yilda qo'shilgan va o'shandan beri har bir keyingi klubda u bilan birga bo'lgan. Silviya — sport fani bo'yicha doktorlik darajasiga ega ispan mutaxassisi, avvalroq Levante Badalona va Barselona universiteti bilan ishlagan. U o'yinchilarning jismoniy holati va sport formasiga javob beradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!